2022-yil 16-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 7-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.

2022-yil 16-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 7-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 5 ta jamoa “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Temuriylar” (104-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “piyoz” borligini hech qaysi jamoa topolmadi. 3 ochkoli “Blits-savol” raundida 3 ta jamoa 2/3 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 7-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Temuriylar” – 6 ochko, “Liderlar” – 7, “Zukkolar” – 8, “Aristokratlar” hamda “Intellekt” jamoalari 9 ochko to’pladi va o’yinda do’stlik g’alaba qozondi.
Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech