Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun
“Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi akademik litsey forumi oʻtkazildi. Tadbirda akademik litsey “Qizlarjon” klubi raislari, iqtidorli talabalar hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilarini akademik litsey direktori M.T.Xasanova qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Ayniqsa, taʼlim sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, – dedi.
– Hozirda ayol-qizlarning taʼlimdagi ulushi har qachongidan yuqori va bu koʻrsatkich yildan yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi.