⚡️ 2022-yil 6-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining FINAL soni o’tkazildi.
2022-yil 6-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining FINAL soni o’tkazildi. To’garakni YBIB direktor o’rinbosari A.T.Ikromov olib bordi. To’garakda saralash bosqichida ishtirok etib, 1-o’rinni qo’lga kiritgan 7 nafar bilimdon M.Baxtiyorova (107-gr), S.Nu’monov (106-gr), J.Abdug’aniyev (102-gr), X.Yuldashev (208-gr), P.Azamatova (101-gr), A.Abrorxo’jayev (201-gr), X.Xakimxonov (103-gr) lar o’rtasidagi bilimlar bellashuvi bahsi murosasiz kechdi. Final sonidagi savollarning murakkabligiga qaramay bilimdonlar o’z bilim va tafakkuriga, tanlangan variantlariga tayanib, bir jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishdi. 4 tur natijasiga ko’ra 2022-yilning g’olibi 201-guruh o’quvchisi Asadulloh Abrorxo’jayevga, 2-o’rin esa 106-guruh o’quvchisi Sardor Nu’monovlarga nasib etdi. O’z bilimini sinamoqchi bo’lgan bilimdon o’quvchi-yoshlarni yangi o’quv yili mavsumiga taklif qilib qolamiz.