2022-yil 11-iyun kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “Axloq-odob, muomala, kiyinish madaniyatida qiz bolaning o‘rni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.


2022-yil 11-iyun kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi R.Po’latova hamda akademik litsey qizlari hamkorligida “Axloq-odob, muomala, kiyinish madaniyatida qiz bolaning o‘rni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat davomida har bir qiz bola nozik nihol kabi oila muhitida tarbiyalanib, ko’cha-ko’yda, o’qish muassasalarida o’zining axloqi, odobi, hayosi, kiyinishi, muomala madaniyati bilan tengdoshlariga namuna bo’la olishi, fan o’qituvchilarini ota-ona o’rnida ko’rib ulardan maslahat olishi, hayotiy tajribalar o’rganishi, ilm yo’lidan borish kerakligi, o’zini oila atalmish muqaddas hilqatga hozirdan tayyorlashi kabi hayotiy maslahatlar, ko’rsatmalar R.Po’latova tomonidan misollar orqali aytib o’tildi. Shuningdek, YBIBDO’ A.T.Ikromov ham ishtirok etib, qizlarga tegishli bo’lgan masalalarda o’zining tanqidiy va ijobiy fikrlarini o’rtoqlashdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech