Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to‘garagining 2-kurslar o‘rtasidagi ilk soni 2021-yil 12-oktabr kuni litseyida o‘tkazildi.
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to‘garagining 2-kurslar o‘rtasidagi ilk soni 2021-yil 12-oktabr kuni litseyida o‘tkazildi. O‘yinda 2-kursning barcha guruh o‘quvchilari bilim borasida belleshdi. Bular: T.Himmatov (205-gr), A.Abrorxo‘jayev (201-gr), B.Hakimov (203-gr), Y.Hosiljonov (201-gr), A.Abdunazarov (202-gr), J.Vohidov (205-gr), L.Abdukarimov (202-gr)lar darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘yinda bilim darajalarini sinash, uni rivojlantirish, bilmaganlarini bilish maqsadida ishtirok etdi. 4 tur bo‘yicha o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi natijasiga ko‘ra 1-o‘rin hamda final yo‘llanmasi 201-guruh o‘quvchisi Asadillo Abrorxo‘jayevga, 2-o‘rin ham 201-guruh o‘quvchisi Yusufjon Hosiljonovlarga nasib etdi.