2022-yil 11-oktyabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 1-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.
"ZAKOVAT" I MAVSUM 1-SONI.
2-KURS JARAYONI
2022-yil 11-oktyabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 1-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
O’yinda 5 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Zukkolar” (2-21-guruh), “Temuriylar” (4-21-gr), “Forever” (5-21-gr), “Ziyolilar” (5-21-gr), “Brain team” (7-21-gr), jamoalari ishtirok etdi.
Mavsumning ilk sonidagi ayrim raundlarni tahlil qiladigan bo’lsak, o’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “telefon” borligini 2 ta jamoa bilimdonlari to’g’ri topishib o’z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.
O’yinning 1-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Zukkolar” – 4 ochko, “Forever” – 5, “Ziyolilar” – 5, “Brain team” – 5, “Temuriylar” jamoasi esa 6 ochko bilan o‘yin g’olibiga aylandi.
2-kurslar uchun to’garak faoliyati har hafta Shanba kuni o’tkaziladi.