"ZAKOVAT" I MAVSUM 3-SONI. 1-KURS JARAYONI


 "ZAKOVAT" I MAVSUM 3-SONI. 
1-KURS JARAYONI

 2022-yil 20-oktyabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 3-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

O’yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Titans” (1-22-guruh), "Merkuriy" (1-22), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr), jamoalari ishtirok etdi.

Mavsumning 3-sonidagi ayrim raundlarni tahlil qiladigan bo’lsak, o’yinning  “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga faqatgina "O'zbekiston yoshlari" jamoasi ya'ni sandiqchada "uzum" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

O’yinning 3-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Ishonch” – 1 ochko, “O'zbekiston” – 3, “Merkuriy” – 3, "O'zbekiston yoshlari" - 5, “Titans” – 7 ochko bilan o‘yin  g’olibiga aylandi.

 To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech